Foto: Yunusobodda ichki ishlar idorasining soxta xodimi ushlandi
Toshkent shahrida qalbaki guvohnoma taqdim etgan shaxs aniqlandi, deb xabar qilmoqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi.
Ma'lum bo‘lishicha, 2017 yilning 21 may kuni taxminan soat 02:00 da, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan, Yunusobod tumanida joylashgan “Uch Qaxramon” yo‘l-patrul xizmati maskanida davlat raqam belgisi 01 N 352 GA bo‘lgan «Matiz» rusumli avtoulov to‘xtatilgan vaqtda, haydovchi Anvar Tojiboyevich Turakulov o‘zini ichki ishlar xodimi deb tanishtirib, xizmat guvohnomasini taqdim etgan. Xizmat guvohnomasi asliga shubhalanilganligi sababli, u IIBga olib borilib, undan ushbu guvohnoma olib qo‘yilgan.
Olib borilgan tergov oldi surishtiruv jarayonida guvohnoma A.T.Turakulovning marhum otasiga tegishli bo‘lganligi va unga o‘zining fotosuratini yopishtirib, soxtalashtirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 228-moddasi 1-qismi bilan (soxtalashtiruvchining o‘zi foydalanish maqsadida rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, “102” telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar idoralariga murojaat etishlari mumkin.
Mavzuga oid
13:40 / 20.08.2024
Toshkentda qalbaki AQSh dollarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi
13:02 / 23.07.2024
Yunusobod tumanida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi
21:47 / 03.07.2024
Yunusobodda suv quvuridagi avariya oqibatlari bartaraf etilmoqda
14:04 / 03.07.2024