O‘zbekiston | 21:44 / 25.05.2017
17234
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston-Turkiya: ikki davlat o‘rtasida amalga oshiriladigan loyihalar

25 may, payshanba kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha IV Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov va Turkiya bosh vazir o‘rinbosari Yildirim Tug‘rul Turkesh raisligi ostida o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida ikki mamlakat vakillari bugunga qadar erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar haqida so‘zlashdi. 

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov Turkiyaning bir qator kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Ma'lum bo‘lishicha, Turkiyaning “Bademli Fidan”, “Shaxser”, “Royal Agro”, “Asya Modern” kompaniyalari bilan birgalikda Buxoro, Navoiy, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida intensiv bog‘larni yaratishda hamkorlik qilish maqsad qilingan. 

Bundan tashqari, mazkur forum doirasida quyidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan: 

•   “Emsas” kompaniyasi bilan Samarqand viloyatida joylashgan “Afrosiyob” va Buxoro viloyatida joylashgan “Buxoro palas” mexmonxona komplekslarini qayta ta'mirlash;
•  “ Frigo” kompaniyasi bilan birgalikda “Angren” maxsus iqtisodiy hududda logistika markazlari uchun sovutish uskunalarini ishlab chiqarish ;
•  “Bigtem Makine” kompaniyasi bilan birgalikda meva-sabzovot mahsulotlarini qayta ishlovchi uskunalarni ishlab chiqarish;
•  «Dal Teknik» kompaniyasi bilan zamonaviy qurilish mollarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar amalga oshirish; 
•  “Yildirim Holding” bilan kimyo sanoati mahsulotlarini, “Renessans Xevi Indastriz” kompaniyasi bilan qurilish mollarini, “Tanteks Boya” va “Ero‘g‘li Holding” kompaniyalari bilan tekstil mahsulotlarini, “KOCh” xolding kompaniyasi bilan maishiy elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish va boshqa loyihalar amalga oshiriladi.

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid