Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda ilk ayollar telekanali ishga tushdi
Afg‘onistonda ilk ayollar televizion kanali «Zan-TV» ishga tushdi. Bu haqda «Afganistan.ru» xabar tarqatdi.
«OAVdagi ilk chiqishlarimdan keyin ko‘plab tahdidlar qilingandi. Hatto oila a'zolarim ham qiz bola televideniyeda ishlashi xatoligini aytishadi. Lekin men barchasini inkor etib, o‘z maqsadim yo‘lida davom etmoqdaman», degan telekanalning ochilish marosimi vaqtida 22 yoshli Shamila Rasuliy
Kanal asoschisi Hamid Samarning ma'lum qilishicha, kanalning tashkil etilishi ko‘plab afg‘on ayollari tashabbusi bilan bo‘ldi.
NTV xabariga ko‘ra, «Ayollar kanali»da 54 xodim bor, ularning aksari talabalardir. Jamoada 16 erkak bo‘lib, bu xodimlarning umumiy sonining uchdan bir qismini tashkil etadi. Ular asosan s'yomka va montaj jarayonida ishlaydi. Qolgan ishlar ayollar zimmasida bo‘ladi. Telekanal 18 soat ishlaydi, soat 6:00dan yarim tungacha.
Ayni vaqtda Afg‘onistonda 40ga yaqin telekanal mavjud. Konservativ qarashlar tufayli ayollar bu telekanallarda chiqish qilisha olmaydi.
Mavzuga oid
21:02 / 01.03.2026
Afg‘oniston Pokiston bilan to‘qnashuvlar davomida 400 nafardan ortiq harbiylarini yo‘qotdi
21:59 / 28.02.2026
Baxtiyor Saidov Afg‘oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot o‘tkazdi
21:42 / 27.02.2026
O‘zbekiston Afg‘oniston va Pokistonni o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi
07:58 / 27.02.2026