AQShdagi musulmonlar masjid qurilishi uchun ruxsat berilishini talab qilmoqda
Amerikaning Nyu-Jyersi shtatidagi Beyonn shahri musulmonlari shahar ma'muriyatini sudga berishdi. Bu holat shahar hokimligi yangi masjid qurilishiga ruxsat berishdan bosh tortgani tufayli yuz bergan.
Musulmonlar eski ombor o‘rnida masjid qurmoqchi bo‘lib, hukumatga tegishli ruxsat olish uchun murojaat etishdi, biroq go‘yoki ko‘rsatilgan hududda avtoturargoh uchun joy yetishmasligi va transport oqimining juda kattaligi bahonasi bilan rad javobini oldilar.
Bunga javoban musulmonlar Beyonnda avtomobillar turargohi talablariga javob bermaydigan 35 ta cherkov va sinagoga faoliyat ko‘rsatishiga e'tibor qaratishdi.
Beyonn musulmonlari diniy e'tiqod erkinligi huquqining poymol bo‘lishi yuzasidan sudga ariza bilan murojaat etishdi.
Mavzuga oid
20:57 / 24.10.2024
Sobiq model Steysi Uilyams Trampni tegajog‘likda aybladi
20:17 / 24.10.2024
Boyvachcha, shoumen, populist - Donald Tramp hayotiga nazar
09:10 / 24.10.2024
Millionlab amerikaliklar prezidentlik saylovida ovoz berib bo‘ldi
22:17 / 23.10.2024