Jamiyat | 12:02 / 26.05.2017
9421
2 daqiqa o‘qiladi

Chilonzorda uy olib berishni va'da qilgan firibgardan aziyat chekkanlar diqqatiga!

Toshkent shahar Chilonzor tumanida Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida qurilayotgan namunali uylardan olib berishni va'da qilib, odamlarni aldab pulini olgan fuqaro harakatlariga chek qo‘yildi. 

Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma'lum qilinishicha, Jumakulov Mehronbiz 2017 yilning o‘tgan davri mobaynida Chilonzor tumani hududida bir necha fuqarolarga Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida qurilayotgan namunali uylarni, go‘yoki, o‘ziga tanish bo‘lgan mansabdor shaxslarga pora berish evaziga, qisqa muddatlarda olib berishni va'da berib, ularning ishonchiga kirish yo‘li bilan 1,5 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan. 

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi, ya'ni firibgarlik alomatlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, Jumakulovga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Toshkent shahar IIBB shahar fuqarolariga shu borada murojaat qilib, kimki Jumakulovning harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsa, “102” telefon raqamiga yoki ichki ishlar idoralariga ma'lum qilishlarini so‘rab qoladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid