Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda Ichki Mo‘g‘uliston politsiyasi sobiq boshlig‘i qatl etildi
Foto: RIA "Novosti"
Xitoy oliy xalq sudi juma kuni Ichki Mo‘g‘uliston muxtor tumani politsiyasi sobiq boshlig‘i, sobiq siyosiy maslahatchi Chjao Lipin qatl etilganini ma'lum qildi. U avvalroq qotillik jinoyatini sodir etish va korrupsiyada aybdor deb topilgandi, deya xabar bermoqda Sinxua agentligi.
O‘tgan yilning fevral oyi boshida XXR oliy xalq prokuraturasi sobiq amaldorga qotillik, shuningdek, qurol-aslahani noqonuniy saqlash bo‘yicha ayblov qo‘ydi. Tergovga ko‘ra, 2015 yilning martida Chjao Lipin Chifen shahrida bir kishini otib o‘ldirgan. 2015 yilning iyul oxirlarida esa u partiyadan chetlatildi. Shuningdek, Chjao Lipin Xitoy siyosiy maslahat xalq kengashining Ichki Mo‘g‘ulistondagi bo‘linmasi raisi ham bo‘lgan.
2016 yilning noyabrida Shansi viloyatining Tayyuan shahri sudi tomonidan o‘lim jazosi haqida hukm e'lon qilindi. Sudning aniqlik kiritishicha, 2008-2010 yillar davomida u taxminan 3,5 million dollarni noqonuniy ravishda qo‘lga kiritgan. Keyinchalik oliy xalq sudi hukmni tasdiqladi va o‘zgartirishsiz qoldirdi.
Xitoyda o‘lim jazosi jinoyat kodeksining ko‘plab moddalari bo‘yicha qo‘llaniladi, ammo aksariyati – narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq. So‘nggi vaqtlarda esa korrupsiya uchun o‘lim jazosini berish keskin ko‘paydi.
Mavzuga oid
19:42 / 29.12.2025
Tayvan - Xitoy biqinidagi «porox bochkasi»
13:56 / 29.12.2025
Xitoy Tayvan atrofida mashg‘ulot boshladi: harbiylar orolni blokada qilishni sinovdan o‘tkazadi
19:11 / 28.12.2025
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
19:33 / 27.12.2025