Jahon | 20:41 / 26.05.2017
4116
1 daqiqa o‘qiladi

Shri-Lankada suv toshqinlari 91 kishini hayotdan olib ketdi

Foto: AFP

Shri-Lankada suv toshqinlari tufayli halok bo‘lganlar soni 91 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, 110 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda mahalliy hukumatga asoslangan holda Frans press agentligi xabar tarqatdi.

Bundan avvalgi xabarlarda qurbonlar soni 25 nafarligi, 42 kishi bedarak ketgani haqida aytilgandi.

"Qurbonlar soni o‘smoqda, yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda yana halok bo‘lganlar aniqlanishi mumkin", degan jurnalistlarga mamlakat favqulodda vaziyatlar markazi rasmiysi.

Orolda ikkinchi kundirki qattiq kuchli yomg‘ir yog‘moqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid