Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh NATO davlatlarini himoya qilishga va'da berdi
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Genri Makmaster prezident Donald Tramp NATO davlatlariga tajovuz qilinadigan bo‘lsa, ularni himoya qilish bo‘yicha majburiyatlarni aniq qo‘llab-quvvatlaydi, deb aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Men prezidentdan 5-moddani qo‘llab-quvvatlashi borasida alohida bayonotni kutish g‘ayritabiiy deb hisoblayman. Albatta, u bu moddani qo‘llab-quvvatlaydi", deb aytdi Makmaster.
Makmasterning aytishicha, Tramp bu modda haqida eslatmaslik haqida qaror qabul qilmagan, chunki bu modda shundoq ham nazarda tutiladi.
"AQSh, prezident NATO doirasida 5-modda bo‘yicha majburiyatlarini bajarishda qat'iyligi fakt hisoblanadi", deb ta'kidlab o‘tdi Makmaster.
Tramp NATOning Bryusseldagi bosh qarorgohidagi nutqida NATO bilan kelishuvning 5-moddasi haqida eslab o‘tmagandi. Bu moddada NATOga a'zo davlatga tashqaridan qurolli hujum amalga oshirilsa, bu davlat NATO tomondan qo‘llab-quvvatlanishi va bu hujum butun NATOga hujumdek qabul qilinishi aytilgan.
Mavzuga oid
08:49
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026