Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga rahbar tayinlandi
Aziz Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 26 maydagi tegishli farmonida aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning martidan beri A.Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi mehnat vaziri lavozimida ishlagan.
Ta'kidlab o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 23 maydagi «Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan Mehnat vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi etib qayta tashkil etildi.
Mavzuga oid
14:10 / 02.10.2024
Mehnat organlariga murojaat qilganlardan ortiqcha hujjatlar talab etilishi oldi olinadi
15:14 / 25.07.2024
Toshkent, Buxoro va Namanganda zargarlik markazlari tashkil etiladi
10:29 / 21.06.2024
Abdulla Aripov yangi lavozimlarga tayinlangan nomzodlarni hukumat a’zolariga tanishtirdi
08:44 / 28.05.2024