Jahon | 19:15 / 27.05.2017
4412
2 daqiqa o‘qiladi

Bir kunda O‘rta yer dengizida yana 10 muhojir jasadi topildi

O‘rta yer dengizida Shimoliy Afrikadayen Yevropa sohillariga yetib olishga uringan, ammo maqsadlariga yeta olmagan yana 10 kishining jasadi topildi. Ular so‘nggi bir kun davomida qutqaruv kemalari bortiga tortib olingan, deb xabar qilmoqda Italiya sohil qo‘riqlash xizmati. 

Umuman, 26 may kechqurundan boshlab o‘tkazilgan qidiruv-qutqaruv amaliyotlarida 2,2 ming kishi qutqarilgan. Ular 5ta yog‘och va 10ta rezina qayiqlarda Liviyadan Italiya tomon suzishgan. 

2 kun muqaddam, sohil qo‘riqlash xizmati Liviya sohillaridan 30 dengiz mili uzoqlikda kema qulashi oqibatida 35 kishining tanasi dengizdan olib chiqilgani haqida xabar qilgan edi. 

Aytish joizki, Yevropa Ikkinchi jahon urushi davridan keyingi eng jiddiymigratsiya inqiroziga duch kelgan. Qochqinlar oqimining ko‘payishiga Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlaridagi qurolli mojarolar va iqtisodiy muammolar sabab bo‘lmoqda. Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM)ga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davari mobaynida Yevropaga dengiz yo‘li orqali qariyb 54 ming qochqin kirib kelgan. O‘rta yer dengizini suzib o‘tishga urinish chog‘ida 1316 kishi g‘arq bo‘lgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid