Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sherzod Qudratxo‘jayev kurash xalqaro assotsiatsiyasining vitse–prezidenti bo‘ldi
Joriy yilning 26-29 may kunlari Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al hakim at Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
Dunyoning 50 ga yaqin mamlakatidan 150 nafardan ziyod sportchilar va mehmonlar kurash vataniga tashrif buyurishdi.
Xalqaro turnir oldidan Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasining navbatdan tashqari Kongressi bo‘lib o‘tdi.
Kongressda barcha qit'aviy Konfederatsiyalar Prezidentlari va 46 davlat federatsiyalari Prezidentlari va vakillari ishtirok etdi.
Kun tartibidan Kurashni dunyo miqyosida yangi rivojlantirish bosqichiga olib chiqish, 2028 yildagi Olimpiya o‘yinlari Dasturidan rasmiy o‘rin olish masalalari muhokama etildi.
Kongressda tashkiliy masalalar ham ko‘rilib, unga ko‘ra Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasida boshqaruv tizimida asoschi rais lavozimi ta'sis etilib, bu lavozimga zamonaviy kurash asoschisi, Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasiga 16 yil davomida prezidentlik qilgan Komil Yusupov nomzodi bir ovozdan saylandi.
Assotsiatsiya vitse–Prezidenti lavozimiga taniqli siyosatshunos, Xalqaro Press klubi Raisi Sherzod Qudratxo‘jayev saylandi.
Mavzuga oid
18:35 / 20.01.2026
Yil yakuniga qadar har bir tuman va shahardagi maktabda kurash klubi ochiladi
17:06 / 27.09.2025
Rossiyalik kurashchi Xadarsevga O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tishga ruxsat berilmadi
16:40 / 14.01.2025
Sport kurashlari assotsiatsiyasida Salim Abduvaliyevning o‘rniga yangi rahbar saylandi
12:22 / 23.12.2024