Jamiyat | 23:09 / 27.05.2017
8300
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada 5 balldan ziyod magnitudali zilzila bo‘ldi

Foto: Getty Images

Turkiyaning Manisa provinsiyasi hududida 5,1 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda CNN Turk telekanaliga asoslanib, Reuters xabar bermoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida hech kim jabrlanmagan va vayronkorliklar kuzatilmagan.

Yer osti silkinishlari Saruxanla tumanida, 10 km. yer ostida kuzatilgan. Ma'lum qilishlaricha, zilzila to‘lqini qo‘shni tog‘larda ham sezilgan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid