Jamiyat | 13:35 / 28.05.2017
10765
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada 10 yoshli bola akvaparkdagi attraksiondan quladi

Kaliforniyadagi akvaparkdagi Emerald Plunge attraksionida uchishga qaror qilgan 10 yoshli bola kutilmaganda yerga quladi. The Daily Mail shu haqida xabar berdi.

27 may, shanba kuni bola ota-onasi bilan yangi ochilgan "To‘lqin" akvaparkiga kelgan. U uch bosqichli Emerald Plunge attraksionida uchayotganida kutilmaganda undan qulab tushgan.

Videoda bola qulaganidan keyin uning betonga tushib, bir necha metr sirpanganini ko‘rish mumkin. 

Manbaga ko‘ra, bola hech qanday jiddiy jarohat olmagan, lekin juda qo‘rqib ketgan. 

Akvapark xodimlari jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatishgan, keyin esa ota-ona o‘g‘lini shifoxonaga olib ketgan.

FVdan so‘ng Emerald Plunge va qo‘shni Dublin Screamer attraksionlari yopilgan. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid