Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva Makronning siyosatidan ijobiy o‘zgarishlar kutmoqda
Foto: EPA
Moskvada Fransiyaning yangi prezidenti Emmanuel Makron fransuz biznesiga g‘oyaviy bosim o‘tkazishdan voz kechishi va Rossiya bilan ishlash uchun "yashil chiroq" yonishiga umid qilishmoqda. "Interfaks" RF prezidenti Vladimir Putinning Parijga tashrifi arafasida o‘z manbasiga tayanib, shu haqida ma'lum qildi.
Shu bilan birga u hamkorlikdagi aniq biznes-loyihalar prezidentlar tomonidan muhokama qilinmasligini ta'kidladi.
"Sir emaski, bir necha yil davomida Yelisey saroyidan fransuz biznesi bo‘yicha Rossiya bilan ishlash kerak emasligi borasida signallar bo‘lgan. Bunday signallar boshqa bo‘lmasligiga, biznes o‘z dasturi bo‘yicha ishlashi va unga hech kim g‘oyaviy bosim o‘tkazmasligiga umid qilamiz", - degan manba.
Agentlik suhbatdoshining aytishicha, Fransiyaning yangi prezidenti - "dangal, ishbilarmon kishi" va u Moskva bilan pragmatik muloqot olib borishga qodir.
Prezident Vladimir Putin fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makronning taklifi bilan 29 may kuni Parijga tashrif buyuradi.
Mavzuga oid
17:31
BMT: Rossiya zarbalari Ukrainadan qochqinlarning yangi to‘lqiniga sabab bo‘lishi mumkin
14:37
Kreml: Jyenevadagi Rossiya delegatsiyasi tarkibi kengaytiriladi
14:08
Rossiyaga sotilmay qolgan neftni saqlash uchun resurslar yetishmasligi tahdid solmoqda
11:54