O‘zbekiston | 12:11 / 28.05.2017
37820
1 daqiqa o‘qiladi

Nomi o‘zgartirilgan institutda rektor ham o‘zgardi

Sobiq Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, prezident qarori bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari institutiga aylantirilgan oliy o‘quv yurtiga yangi rektor tayinlandi.

«Kun.uz»ning institutdagi manbasi ma'lumot berishicha, endilikda institutga O‘ktam Umurzoqov Pardayevich rahbarlik qiladi. U Muhammad Hamidov Hamidovich o‘rnida ish boshlaydi.

Hozircha sobiq rektor qaysi ishga o‘tgani ma'lum emas.

Iqtisod fanlari doktori, professor O‘ktam Umurzoqov shu vaqtgacha institut tizimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti nomi o‘zgardi

Mavzuga oid