Özbekistonning barça sohalarida tub özgarişlar amalga oşirilmoqda. Jumladan qişloq va suv xöjaligi sohasini rivojlantiriş uçun ham keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Buning uçun tabiiyki, sohada yetuk kadrlar, öz sohasining bilimdonlari talab etiladi. Şu bois, oliy öquv yurtlariga imtihonlarni topşiriş jarayonlari ham islohotlar bilan hamohang tarzda özgarmoqda. Kun.uz Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti rektori, iqtisod fanlari doktori, professor Öktam Pardayeviç Umurzoqov bilan Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutiga imtihon topşiriş jarayoni va uning şaffofligini ta'minlaş böyiça amalga oşirilayotgan taşkiliy işlar yuzasidan suhbat uyuştirdi.
«2017-2018 öquv yili uçun Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutiga 1805 nafar talabalikka qabul amalga oşirilişi rejalaştirilgan bölib, bu yil institutga öqişga kiriş istagini bildirgan 11611 nafar abituriyentlar hujjatlarini topşirdi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi «Qişloq va suv xöjaligi tarmoqlari uçun muhandis – texnik kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora tadbirlari töğrisida»gi PQ-3003-sonli Qarori asosida viloyatlar kesimida davlat granti uçun maqsadli qabul kvotalari ajratildi. Bu qişloq va suv xöjaligi sohasida hududlar uçun yetuk kadrlarni maqsadli tayyorlaş imkonini beradi. Şu maqsadda, Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutiga qabul jarayonlari taşkil etiladigan binolar videokameralar bilan ta'minlandi va ilk bor videokameralar orqali imtihon jarayonlarini barça ota-onalar onlayn tarzda kuzatib boriş imkoniga ega böladi. Şuningdek, abituriyentlarning hujjat topşiriş jarayonida barmoq izlari skanerlari olindi. Bu esa, öz navbatida 1 avgust kuni test sinovlariga kiriş jarayonida barmoq izlari skaneri orqali nazorat qiliş va «tasodifiy abituriyentlar»ning bölişini oldini oladi. Jumladan, magistratura mutaxassisliklari uçun bölib ötadigan imtihonlarda ham şaffoflikni ta'minlaş uçun barça çora-tadbirlar qöllanilmoqda», - dedi Öktam Umurzoqov.

















