Tadbir AQŞning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalaştiriladigan MOHEM (Markaziy Osiyo hududiy ekologik markazi)ning “MA suv, ta'lim va hamkorlik” loyihasi doirasida taşkil etilgan.
2017 yil 2-4 may kunlari Toşkent irrigatsiya va melioratsiya institutida (TIMI) suv xöjaligi ekspertlari hamda Markaziy Osiy va Afğonistonning sohaga oid oliy öquv yurtlari ilmiy-pedagogik tarkibi iştirokida almaşinuv tur ötkazildi.
Turni ötkazişdan közlangan maqsad – Özbekiston, Qozoğiston, Tojikiston, Qirğiziston, Turkmaniston va Afğoniston oliygohlari örtasida pedagogik hamda ilmiy-metodik masalalar yuzasidan hamkorlik örnatiş imkoniyatlarini örganiş, şuningdek, suv xöjaligi sohasining zamonaviy talablariga muvofiq ravişda malaka oşiriş böyiça TIMI tajribasini örganiş.
TIMI rektori, professor Muhammadxon Hamidov:
“Bugungi globallaşuv şaroitida suv muammosini töğri hal etiş nafaqat bizning, yangi reallik şaroitida yaşayotgan mintaqamiz – Markaziy Osiyo, balki butun sayyoramizning barqaror taraqqiyotini belgilovçi eng muhim omillardan biriga aylanib ulgurdi. Institutning suv muammolari böyiça turli dasturlar doirasida olib borayotgan xalqaro hamkorlik faoliyatlarining ijobiy natijalariga asoslanib mintaqadagi hamkorlarimiz bilan birga TIMI qoşida suv diplomatiyasi sohasidagi ta'lim va tadqiqotlar böyiça doimiy faoliyat körsatuvçi fakultet taşkil etiş masalasini körib çiqiş vaqti keldi, deb hisoblaymiz”.

Tur dasturida suv resurslarini boşqariş muammolarni örganişga köp tomonlama yondoşuv közda tutilgan va u ham amaliy, ham nazariy qismlarni öz içiga olgan.
Mehmonlar öquv auditoriyalari hamda laboratoriyalar binolarida bölişdi, öquv jarayoni hamda professor-pedagoglarning suvni samarali nazorat qiliş masalalari böyiça magistrantlar hamda doktorantlar iştirokidagi ilmiy-tadqiqot işlarining borişi bilan tanişişdi. TIMIning talabalari, magistr hamda doktorantlari bilan uçraşuv bölib ötdi, mehmonlar suvdan oqilona foydalaniş bilan boğliq ilmiy faoliyat hamda innovatsion loyihalar bilan tanişişdi. Marketing, ilmiy-tadqiqot sektori, suv xöjaligi xodimlarining malakasini oşiriş bölimlarida ham bölişdi.

3 may kuni almaşiş turi qatnaşçilari öz bilimlarini amaliyotda mustahkamlaş maqsadida Toşkent viloyati Yuqoriçirçiq tumanidagi gidrotexnik qurilmani körib kelişdi. Bu yerda Toşkent irrigatsiya va melioratsiya instituti (TIMI) talabalari uçun namoyiş darslari bölib ötdi. Yuqoriçirçiq gidroqurilmasi avtomatik boşqariş tizimiga ega bölib, suv resurslarini boşqarişda işlatiladigan zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanişning yorqin misolidir. Bundan taşqari, Afğoniston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston delegatsiyalari suvni iqtisod qiluvçi suğoriş tizimiga ega fermer xöjaliklarini közdan keçirişdi.

















