Jamiyat | 08:47 / 29.05.2017
13317
5 daqiqa o‘qiladi

AQShda Jon Kennedi tavalludining 100 yilligi nishonlanmoqda

29 mayda AQShda mamlakatning 35-prezidenti Jon Fitsjyerald Kennedi tavalludining 100 yilligi nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Bostondagi Kennedi nomidagi Prezident kutubxonasida tantanali marosimlar bo‘lib o‘tadi. Bu yerda "Jyey-Ef-Key - 100: davrlar va xotiralar " (JFK at 100: Milestones and Mementos) nomli ko‘rgazma ochildi.

Ko‘rgazmada Kennedining bolaligi va o‘smirligi bilan bog‘liq eksponatlar, u Ikkinchi jahon urushi vaqtida Tinch okeanida qo‘mondonlik qilgan PT-109 kateridan bayroq, Oq uydagi o‘rindig‘i, Kuba inqirozi davriga tegishli hujjatlar va uning fuqarolik huquqlari haqidagi nutqlarining qoralamalari namoyish qilinadi.

Ko‘rgazmada namoyish qilinadigan Kennediga tegishli buyumlardan ba'zilari, jumladan, uning quyoshdan saqlovchi ko‘zoynaklari, galstuklari, yaqinlari tomondan olgan sovg‘alari hali biror marta ommaga taqdim qilinmagan.

AQShning pochta xizmati prezident tavalludining yubiley sanasi munosabati bilan marka chiqardi, Prezident kutubxonasi esa turli davlatlarda Kennedi nomi bilan atalgan joylar suratlari tanlovini tashkillashtirdi. 

AQSh tarixida eng yosh prezident bo‘lgan Kennedi 1917 yil 29 may kuni Massachusets shtatining Bruklayn shaharchasida dunyoga kelgan. U Garvard universitetini bitirgach, 1941 yilda AQSh harbiy-dengiz kuchlari rezerviga xizmatga kirgan. Ikkinchi jahon urushida Tinch okeanida torpedo katerlariga qo‘mondonlik qilgan va medallar bilan taqdirlangan. Urushdan keyin Massachusets shtatidan AQSh vakillar palatasiga, so‘ngra Senatga saylangan. 1960 yildagi prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasi nomzodi Richard Nikson ustidan g‘alaba qozonib, 43 yoshida AQSh tarixidagi eng yosh prezidentga aylangan.

Kennedi 1963 yil 22 noyabrda Dallas shahriga safari davomida sobiq harbiy Li Xarvi Osvald tomondan o‘ldirilgan. Biroq Kennedining o‘ldirilishi haqida hali ham turli taxminlar bildirib kelinadi.

Butun dunyo Kennedining o‘limidan larzaga kelgan. Kennedi o‘z nutqida aytgan ba'zi fikrlar hali ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan: "Bizning oramizdagi umumiy jihat shuki, barchamiz bu sayyoraning odamlarimiz. Barchamiz bir havo bilan nafas olamiz. Farzandlarimiz kelajagi uchun yashaymiz. Va barchamiz o‘lguvchimiz".

Cecil Stoughton/Reuters
Courtesy of the John F. Kennedy Library Foundation/REUTERS

Jon Kennedi aka-singillari bilan: Jozef Kennedi, Ketlin Kennedi, Rozmari Kennedi va Jon F. Kennedi, 1928 yil 

The White House/John F. Kennedy Presidential Library/REUTERS

Kennedi Yevropaga safari davomida, 1937 yil  

AP

Kennedi otasi – AQShning Buyuk Britaniyadagi elchisi Jozef Kennedi bilan, 1938 yil

 John F. Kennedy Presidential Library/REUTERS

Kennedi Ikkinchi jahon urushi vaqtida RT-109 kateri bortida, 1942 yil

John F. Kennedy Presidential Library and Museum/REUTERS

AQSh kongressmeni va bo‘lg‘usi prezident Kennedi Banker-Xilldagi paradda, 1950 yil

Stringer/Reuters

Rafiqasi Jaklin Kennedi bilan, 1953 yil

AP

Kennedi prezident etib saylangandan keyin oila davrasida, 1960 yil 9 noyabr.

Abbie Rowe/The White House/John F. Kennedy Presidential Library/REUTERS

Kennedi 1961 yil 20 yanvarda Vashingtondagi inauguratsiyasi vaqtida.

ITAR-TASS

Kennedi va Nikita Xrushev Venada Karib inqirozi masalasini muhokama qilish oldidan, 1961 yil  

Wikimedia Commons

Kennedi va Fransiya prezidenti Sharl de Goll Parijda, 1961 yil

time.com

Jon Kennedi, 1962 yil

Cecil Stoughton/The White House/John F. Kennedy Presidential Library /REUTERS

Kennedi va fazogir Jon Glenn "Do‘stlik 7" kosmik kemasi ichini ko‘zdan kechirishmoqda, 1962 yil

Cecil Stoughton/Reuters

Kennedi o‘g‘li bilan Oq uydagi Oval xonada, 1963 yil

Cecil Stoughton/Reuters

Kennedi o‘g‘li bilan Oq uy yonida, 1963 yil

Cecil Stoughton/Reuters

Kennedi qizi bilan yaxtada, 1963 yil

Cecil Stoughton /The White House/John F. Kennedy Presidential Library/REUTERS

Kennedi Xiannis portiga yo‘l olishdan oldin otasi bilan xayrlashmoqda, 1963 yil

AP

Kennedi rafiqasi bilan Dallas aeroportida, 1963 yil 22 noyabr 

Cecil Stoughton/Reuters

Kennedi rafiqasi bilan vafoti kuni, 1963 yil 22 noyabr

Reuters

Kennedi o‘limidan bir necha soniya avval, 1963 yil 22 noyabr

AP

AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi

Mavzuga oid