Jamiyat | 15:19 / 29.05.2017
14633
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada uch metrli akula baliqchilik qayig‘i ichiga sakrab tushib oldi

Avstraliyalik baliqchining qayig‘i ichiga uch metrli oq akula sakrab tushib oldi. U chaqirilmagan “yo‘lovchi”dan qutulish uchun qutqaruvchilarni chaqirishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda AVS telekanali.

Hodisa Avstraliya shimoli-sharqidagi Evans-Xed shahri yaqinida yuz bergan. 73 yoshli Terri Selvudning aytishicha, 4,5 metrli qayiqning palubasiga kelib tushgan akula uni suzgich bilan jarohatlagan.

Selvud zarbalardan qochish uchun qayiqdagi maxsus joyga, qutqaruv xizmati xodimlari kelgunicha berkinib olgan. Baliqchi ratsiya orqali chaqirtirgan qutqaruvchilar avvaliga jabrlanuvchini sohilga yetkazishdi, shundan so‘ng uning qayig‘ini ichida akula bilan birga portga olib kelishdi.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, akulani qayiqdan maxsus texnika yordamida chiqarib olishgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid