Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bozorlar ma'muriyati qanday holatda javobgarlikka tortiladi?
Moliya vazirligi va DSQning qarori bilan Bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini tashkil etish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida nizomga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Hujjatda bozorlar va ularning filiallari, shuningdek ilgari umumiy ro‘yxatda keltirilgan savdo komplekslari va ularning filiallari daromadlari manbalari belgilab qo‘yildi.
Bozorlar va savdo komplekslarini boshqarish tartibi to‘g‘risidagi normalarga ham tuzatishlar kiritildi. Xususan, Nizomga sotuvchilar, bozorlar va savdo komplekslari ma'muriyatining huquq va majburiyatlari kiritildi.
Ma'muriyatning iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, o‘rnatilgan savdo qoidalari talablarini bajarmaslik, bozorlar va savdo komplekslarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalariga rioya etmaslik, jumladan xodimlar tomonidan ularga rioya qilinishi lozim darajada nazorat qilinmaganligi uchun javobgarligi haqida alohida aytib o‘tilgan.
Shuningdek, ular ijara to‘lovlari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirmaganlik uchun hamda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomasiz jismoniy shaxslarga statsionar savdo shoxobchalarini taqdim etganlik uchun javobgarlikka tortiladi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026