Jahon | 18:07 / 29.05.2017
4578
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyada qiruvchi samolyot qulab tushdi

Gretsiyada mamlakat harbiy-havo kuchlarining Mirage 2000 rusumli qiruvchi samolyoti qulab tushgan.

Mahalliy nashrlarning xabariga ko‘ra, hodisa o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilayotgan Skopelos oroli yaqinida ro‘y bergan.

Xabar qilinishicha, samolyot dvigatelida texnik nosozlik ro‘y bergan, uchuvchi katapulta qilingan.

Hodisadan keyin hududda qutqaruv-qidiruv ishlari olib boshlangan va uchuvchi qutqarib qolingan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid