Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi paradda hurkib ketgan ponilar uch kishini toptab tashladi
AQShning Viskonsin shtatidagi Xartford shahrida Qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan paradda uch kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar oldilar. Bunga esa egasining buyruqlariga bo‘ysunmay, tomoshabinlar orasiga yugurib kirib ketgan ponilar sabab bo‘lgan. Ular odamlarni toptab tashlashgan. Bu haqda ABC telekanali xabar bermoqda.
Ponilar aravaga qo‘shilgan bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, ponilarning o‘zlarini bunday tajovuzkor tutishiga hurkib ketganlari sabab bo‘lishi mumkin. Ponilar mushaklar ovozi va ular tomon bolalar otgan tennis koptokchalaridan cho‘chib ketgani taxmin qilinmoqda.
Politsiyada ma'lum qilinishicha, ponilarni to‘xtatishga harakat qilingan, biroq ular arava bilan birga olomon orasiga kirib ketgan.
Barcha jarohatlanganlar, jumladan 9 yoshli bola shifoxonaga yetkazilgan.
Ponilarga ham mutaxassislar yordami talab qilingan, ular veterinarga olib borilganlar.
Mavzuga oid
19:40 / 03.09.2025
Xitoyning yadro triadasi, G‘arb uchun signal hamda Putin va Kimning qo‘llovi – Pekindagi parad qanday o‘tdi?
01:00 / 25.08.2025
Yaponiya boshqa mamlakatlarni Xitoydagi g‘alaba paradida qatnashmaslikka chaqirdi
23:45 / 18.08.2025
Yevropa elchilari Putin sababli Xitoydagi paradda qatnashmasliklari mumkin – OAV
08:42 / 15.07.2025