Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR: AQShning bombardimonchi samolyoti yadro bombasini tashlash bo‘yicha mashqlar o‘tkazdi
Janubiy Koreya Amerikaning tovushdan ham tez uchadigan strategik bombardimonchi samolyoti B-1B Lancer bilan qo‘shma mashqlar o‘tkazganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reyter agentligi.
Mashqlar dushanba kuni bo‘lib o‘tgan, deya ma'lum qilgan Janubiy Koreya mudofaa vazirligi vakili Mun Sangen.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, KXDR davlat OAV seshanba kuni B-1B Lancer bombardimonchi samolyoti Janubiy Koreya ustidan, “yadro bombasini tashlash bo‘yicha mashqlar” doirasida uchib o‘tganini xabar qilishgan.
Amerikaning B-1B Lancer bombardimonchi samolyoti 1970-yillar o‘rtalarida ishlab chiqilgan. U 1984 yilda qurolli kuchlarga topshirilgan. B-1B’ning radiolokatsiya jihatidan payqalishi qiyin bo‘lgan texnologiya va o‘ta past balandlikda parvoz qilishi imkoniga ega modifikatsiyasi 100 ta nusxada yaratilgan. Modelni ishlab chiqarish 1988 yilda yakunlangan.
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026