Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uyning kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori iste'foga ketdi
Foto: AP
Oq uyning kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Maykl Dubke iste'foga ketdi. Bu haqda ABC telekanali xabar berdi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, 47 yoshli Dubke 18 may kuni iste'foga ketishga ariza bergan, biroq AQSh prezidenti Donald Trampning birinchi xorijiy safari yakunlanishigacha o‘z vazifalarini bajarib turishga qaror qilgan.
Oq uy ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori AQSh ma'muriyatining axborot-tashviqot siyosatini nazorat qiladi. 2015 yil aprelidan 2017 yil 20 yanvargacha bu lavozimni Jyen Psaki egallagan. Tramp inauguratsiyasidan keyin bu lavozimni Shon Spayser egallagan. Spayser bu lavozimni AQSh prezidenti matbuot kotibi lavozimi bilan birga bajarib kelgan. Vaholanki odatda bu lavozimlarni turli odamlar egallaydi.
Crossroads Media kompaniyasiga asos solgan Dubke ushbu lavozimga 6 mart kuni Tramp tomondan tayinlangandi.
Mavzuga oid
20:37 / 27.04.2026
Vashingtondagi otishma savollarni ko‘paytirmoqda
01:54 / 27.04.2026
Melaniya Tramp Oq uyda asalarichilikni kengaytirmoqda
10:40 / 26.04.2026
Tramp qatnashayotgan tadbirda otishma: Oq uy a’zolari evakuatsiya qilindi
08:49 / 21.04.2026