Jahon | 17:25 / 30.05.2017
24712
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Buning uchun ruslar AQSh ustidan kulishadi

AQSh prezidenti Donald Tramp rasmiy Moskva 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga aralashgani borasidagi ayblovga fikr bildirdi.

U Demokratik partiya mag‘lubiyatini shu bahona bilan oqlashga urinishini «mujmallik» deb atagan.

«Rossiyalik amaldorlar demokratlarning mag‘lubiyatini bu tarzda oqlayotganini eshitib kulishadi», — deya yozgan u o‘z tvitterida.

Bundan oldinroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Rossiya hech qaysi davlatdagi saylovlarga aralashmagani haqida aytgani xabar qilingandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid