Sport | 18:30 / 30.05.2017
5209
1 daqiqa o‘qiladi

Vengerning «Arsenal»dagi taqdiri bugun aniq bo‘ladi

«Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger dushanba kuni klub xo‘jayini Sten Kronke bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Tomonlar yangi shartnoma tuzish masalasini muhokama qilishgan, lekin hozircha hech narsa imzolanmagan.

67 yoshli mutaxassisning jamoada qolish-qolmasligi masalasi bugun o‘tkaziladigan direktorlar kengashi yig‘ilishidan keyin aniq bo‘ladi.

Kronkening o‘zi fransuz murabbiyni qo‘llab-quvvatlab keladi, u murabbiyga APLda g‘alaba qozonish uchun transferlarga kerakli mablag‘larni ajratishga tayyor.

Venger «Arsenal»ni 1996 yildan buyon boshqarib kelmoqda, ammo klub 2004 yildan buyon Angliya chempionligiga erishmadi.

Yakunlangan mavsumda jamoa ilk marta kuchli to‘rtlikka kira olmadi va keyingi mavsumda YeChLda ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Shu bilan birga Angliya Kubogi finalida g‘alaba qozonildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid