Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Duterte Filippindagi keskin vaziyat sababli Yaponiyaga safarini bekor qildi
Foto: Getty Images
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte 5-6 iyunga belgilangan Yaponiyaga safarini bekor qildi. U Tokiodagi Osiyo mintaqasi davlatlarini rivojlantirish bo‘yicha anjumanga kelmoqchi edi, biroq Filippin janubida vaziyat keskinlashgani sababli uyda qolishga qaror qilgan. Bu haqda SunStar nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Filippinda hukumat kuchlari va terrorchilar o‘rtasidagi qarama-qarshilik 23 may kuni yanada keskinroq tus olgan. Jangarilar Mindanao orolida harbiylarga hujum qilishgan.
Duterte bundan Moskvadagi safari vaqtida xabar topgan. U Mindanao viloyatida harbiy holat tartibini kiritishga buyruq bergan va safarini muddatdan avval yakunlashga qaror qilgan. Rossiyada Dutertening bu qaroriga tushunish bilan munosabatda bo‘lingan va Putin Duterteni belgilangan kundan ikki kun avval qabul qilishga qaror qilgan.
Bugunga kelib jangarilarning xunrezliklari va ularga qarshi olib borilayotgan janglar oqibatida 103 fuqaro halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
07:32 / 28.02.2026
Quyosh chaqnashlari zilzilani qo‘zg‘atishi mumkinmi? Yapon olimlarining yangi gipotezasi
15:09 / 24.02.2026
Haaga sudi Filippin sobiq prezidenti ishi bo‘yicha eshituvlarni boshladi
22:40 / 22.02.2026
Onasiz maymuncha IKEA kompaniyasiga millionlab dollar foyda keltirdi
15:28 / 22.02.2026