Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippin janubidagi shaharni IShID jangarilaridan tozalash ishlari davom etmoqda
Filippin qurolli kuchlari IShID ta'siridagi jangarilar egallab olgan Maravi shahrida o‘tkazilayotgan harbiy amaliyot vaqtida 90ga yaqin jangarini o‘ldirgan. Bu haqda Frans Press axborot agentligi xabar tarqatdi.
Shu bilan birgalikda qurolli to‘qnashuvlar vaqtida tinch aholi vakillaridan 19 kishi, harbiylardan 21 kishi qurbon bo‘lgan.
Harbiylar orasidagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, armiya o‘tkazgan amaliyot "o‘ta muvaffaqiyatli" kechgan.
Filippinning bu shahrining katta qismi hamon jangarilar nazorati ostida qolmoqda. Hududda tinch aholi vakillari ko‘pligi tufayli shaharni ozod etish qiyin kechmoqda.
Filippin harbiylari va jangarilar o‘rtasidagi janglar 23 may kuni boshlangandi. IShID bilan aloqador «Maute» guruhi faollashishi tufayli Mindanao viloyatida favqulodda holat e'lon qilindi.
Hukumat Mindanao provinsiyasidagi terrorchilar yetakchilaridan biri Isnilon Xapilonni qo‘lga olishga harakat qilgani tufayli bu yerda vaziyat murakkablashib ketdi.
Vaziyat murakkab tus olgan Maravi shahrining 200 mingga yaqin aholisi 25 may kuni mahalliy vaqt bilan 13.00 ga qadar o‘z uylarini tark etishi lozim edi. Shu kuni armiya shahar ko‘chalarini tozalashga kirishgandi.
Mavzuga oid
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
15:38 / 08.06.2026
Filippinda kuchli zilzila: kamida 32 kishi halok bo‘ldi
19:02 / 21.04.2026
Urush tugaganiga ishonmagan “samuray” – 1974 yilgacha Filippinda jang qilgan yapon zobiti kim edi?
15:09 / 24.02.2026