Jamiyat | 18:09 / 31.05.2017
60111
2 daqiqa o‘qiladi

"Oddiy Mariya" seriali bosh qahramoni 55 yoshda (fotojamlanma)

1990-yillarda efirga uzatilgan "Oddiy Mariya" seriali nafaqat Meksikada, balki butun dunyoda keng namoyish etildi va tomoshabinlarning mehrini qozondi. Unda bosh qahramon rolini ijro etgan aktrisa Viktoriya Ruffo esa juda ko‘plab teletomoshabinlarning sevimli akstrisasiga aylandi. Uning karerasi 80-yillarning boshida boshlangan, lekin faoliyatidagi mashhurlik cho‘qqisi 1989 yilga to‘g‘ri keladi - o‘shanda prodyuser Valentin Pimshteyn Viktoriyani nochor oiladan chiqqan, hayotda ko‘p qiyinchiliklarni ko‘rgan, o‘z mehnati orqali boyib ketgan ayol - oddiy Mariya roliga taklif qiladi. Aktrisa shu kungacha film va seriallarda rol ijro etib keladi, talab borasida omadi kelgan, uning faoliyati to‘xtab qolmagan. 1992 yilda u komedik rollar ijrochisi Euxenio Derbesga turmushga chiqadi va o‘g‘li Xose Eduardoni dunyoga keltiradi. 1997 yilda Viktoriya turmush o‘rtog‘i bilan ajrashadi. 2001 yilning martida u siyosatchi Omar Fayyod bilan oila quradi. Fayyod hozirda Meksika senatining Idalgo shtati, Pachuka-de-Soto shahridagi vakili hisoblanadi. 2004 yilda juftlik egizak farzand (qiz va o‘g‘il)li bo‘ladi 

«Oddiy Mariya» serialidan lavha (1989 yil)

 

1994 yil

 

1994 yil. Viktoriya Ruffo Moskvadagi Kremlga tashrifidan so‘ng

 

1994 yil. Viktoriya Ruffo Permdagi poyabzal do‘konida

 

Viktoriya Ruffo onasi bilan

 

Viktoriya Ruffo va uning turmush o‘rtog‘i Omar Fayyod

Mavzuga oid