Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Paxtakor» javob o‘yinida ham «Nasaf»ga yutqazib, O‘zbekiston Kubogini tark etdi
30 may kuni O‘zbekiston Kubogining nimchorak finalida javob uchrashuvlari o‘tkazildi va keyingi bosqichga yo‘llanma olgan uch klub nomi ma'lum bo‘ldi.
Bir hafta muqaddam o‘z maydonida «Nasaf»ga 0:3 hisobida yengilgan «Paxtakor» Qashqadaryoga safar qildi. Javob o‘yinida ham toshkentliklar minimal hisobda (0:1) mag‘lub bo‘ldi va turnirni tark etdi.
Ulug‘bek Baqoyev boshchilik qilayotgan «Buxoro» futbolchilari Jizzaxda «So‘g‘diyona» darvozasiga javobsiz 3ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoalarning Buxoroda kechgan birinchi o‘yinida 1:1 hisobi qayd etilgandi.
Bekobodning «Metallurg» klubi esa «Qo‘qon—1912» to‘sig‘idan o‘ta olmadi. Birinchi o‘yinda safarda qo‘qonliklarga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan jamoa, javob o‘yinida 3:2 hisobidagi g‘alabaga erishdi, ammo bu chorak final yo‘llanmasi uchun yetarli bo‘lmadi.
1/8 finalning qolgan besh uchrashuvi bugun, 31 may kuni o‘tkaziladi.
O‘zbekiston kubogi
1/8 final. Javob o‘yinlari
30 may, seshanba
«Nasaf» — «Paxtakor» 1:0
Gol: Bahrom Abdurahimov, 64 (1:0).
Dastlabki uchrashuv: 3:0
«Metallurg» — «Qo‘qon—1912» 3:2
Gollar: Timur Usmonov, 24 (1:0). Darko Gojkovich, 61 (1:1). Nosir Otaqo‘ziyev, 73 (1:2). Doston Tursunov, 82-pen (2:2). Doston Tursunov, 89-pen (3:2).
Dastlabki uchrashuv: 0:2
«So‘g‘diyona» — «Buxoro» 0:3
Gollar: Akobir To‘rayev, 30 (0:1). Ivan Nagayev, 62 (0:2). San'at Shixov, 75 (0:3).
Dastlabki uchrashuv: 1:1
31 may, chorshanba
«Qizilqum» — «Lokomotiv» (0:5)
«Olmaliq» — «Dinamo» (1:1)
«Mash'al» — «Yozyovon-Lochinlari» (4:0)
«Navbahor» — «Neftchi» (0:1)
«Bunyodkor» — «Sho‘rtan» (2:0)
Mavzuga oid
17:43 / 25.04.2026
Superliga. «Paxtakor» va «Neftchi» ta’qibchilardan ilgariladi
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
21:37 / 10.04.2026
Superligada hakamlik mojarosi. PFL hakamlar markazidan VAR yozuvini so‘radi
21:18 / 09.04.2026