Jahon | 18:16 / 01.06.2017
6744
1 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi jahon hamjamiyatining uch asosiy muammosi haqida

Foto: AP

Jahon hamjamiyatining asosiy muammolari - ishonchsizlik, buyruqbozlik va ksenofobiya. Bu haqida BMT bosh kotibi Antoniu Gutterishning so‘zlariga asoslanib, TASS xabar berdi.

"O‘ylashimcha, eng katta muammo - ishonchning yo‘qligida. Ikkinchi muammo - bu, albatta, buyruqbozlik va uchinchisi - zamonaviy dunyoda kuzatilayotgan populizm, irqchilik, ksenofobiya tendensiyalari", - deydi Gutterish.

Shuningdek u bugungi kunda BMT terrorizmga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan bir qator chora-tadbirlarni ko‘rayotganini ta'kidladi. 

Mavzuga oid