Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada vertolyot qulashi oqibatida 13 harbiy, jumladan general halok bo‘ldi
Turkiyaning janubidagi Shirnak viloyatida harbiy vertolyot elektr uzatish liniyasiga urilib, falokatga uchradi. Bu haqda viloyat ma'muriyati ma'lum qilgan. Falokat oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan.
"Shirnak viloyatining Uludere tumanida harbiy vertolyot havoga ko‘tarilgandan 3 daqiqa o‘tib elektr uzatish liniyasiga urilib qulagan. Voqea joyiga qutqaruvchilar yetib kelgan", deb ma'lum qilingan xabarda.
Halok bo‘lganlar orasida bir general, ikki polkovnik va 4 nafar o‘rta bo‘g‘in zobit bo‘lgan. Harbiylar halok bo‘lganini mamlakat bosh shtabi ham tasdiqladi.
"31 may kuni soat 20:55da Sougar AS 532 turidagi vertolyot parvozdan keyin elektr uzatish liniyasiga urilib, falokatga uchragan. Vertolyotda 13 kishi bo‘lgan. Olingan ma'lumotlarga ko‘ra ular halok bo‘lganlar", deb aytildi bosh shtab xabarida.
Voqea joyiga Turkiya mudofaa vaziri Fikri Ishik yo‘l olgan.
Shirnak viloyatida Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi operatsiyalar o‘tkazib kelingan.
Mavzuga oid
13:14
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026
Buvisi muntazam tazyiq o‘tkazib kelgan 3 nafar bola Turkiyadan vatanga qaytarildi
18:34 / 25.05.2026