Sport | 17:59 / 02.06.2017
14986
1 daqiqa o‘qiladi

Xonobodda aholi dam olishi uchun sharoitlar yanada yaxshilanadi

Foto: UzReport

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xonoboddagi «Xonobod» sanatoriyasini borib ko‘rdi. Ushbu dam olish zonasi tog‘ yon bag‘rida joylashgan.

«Shavkat Mirziyoyev sanatoriya hududini obodonlashtirish, qurilish ishlarini oxiriga yetkazib, oromgohni kelgusi yili Navro‘z bayramiga foydalanishga topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Sanatoriya hududini Andijon shahri va tumanlarga ajratib berish, viloyat aholisi dam olishi uchun zamonaviy sharoit yaratish zarurligini ta'kidladi», deyilgan O‘zA xabarida.

Xonobodni har tomonlama rivojlantirish, aholi bandligi va farovonligini oshirish masalalariga e'tibor qaratildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid