Sport | 13:35 / 02.06.2017
8819
2 daqiqa o‘qiladi

Muhammad Saloh ingliz jamoasi bilan kelishuvga erishdi

«Roma» yarim himoyachisi Muhammad Saloh Angliyaga qaytmoqda. Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, u «Liverpul» bilan kelishuvga erishgan.

24 yoshli misrlik vingerning agenti ayni vaqtda Londonda bo‘lib turibdi, u Angliyaga o‘z mijozining bo‘lajak klubi bilan shaxsiy shartnomasini muhokama etish uchun kelgan.

La Gazzetta dello Sport ma'lumotiga ko‘ra, transfer amalga oshsa, Saloh yiliga 4,5 million yevro miqdorida maosh oladi.

«Roma» avvalroq futbolchini «Liverpul»ga 34 million yevro evaziga sotishdan bosh tortgan va 40 million yevro talab etgandi.

Ammo «Liverpul» rimliklar 30 iyunga qadar futbolchilaridan birini sotishi bo‘yicha majburiyat ostida qolganidan foydalanib qolishi mumkin (feyr-pley doirasidagi majburiyat). Tomonlar 35 million yevro va bonuslarga kelishi mumkin.

A Seriyaning yakunlangan mavsumida ushbu futbolchi 31 uchrashuvda maydonga tushdi va 15 gol urib, 13 golga uzatma berdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid