Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston turistik salohiyati Ramazon oyida Singapurda namoyish etilmoqda
27 may kuni Singapurning eng yirik savdo-ko‘ngilochar majmualaridan biri Our TampinesHub’da Hari Raya Bazaar-2017 yarmarkasi o‘z ishini boshladi. U har yili Ramazon oyida tashkil etiladi. Tadbir 23 iyunga qadar davom etadi. Bu haqda “Jahon” AA xabar berdi.
Tadbirda O‘zbekiston, Bruney, Indoneziya, Eron, Marokash, Singapur va Yaponiyaning turistik firma hamda oziq-ovqat sohasidagi korxonalariga 120 ta yarmarka kabinalari ajratildi.
O‘zbekistonning Singapurdagi elchixonasi tomonidan yarmarkada milliy stend tashkil etildi, unda xalq ijodiyoti mahsulotlari va amaliy san'at namunalari, ekologik toza meva-sabzavot mahsuloti, quruq mevalar, yong‘oq ekinlari, holva, asal, o‘zbek nonlari taqdim etilgan.

Shuningdek, O‘zbekistondagi turistik sohaning rivoji haqida ma'lumotlar beruvchi materiallar, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz va Toshkentning tarixiy yodgorliklariga bag‘ishlangan videosyujyetlar tayyorlandi.
Umuman olganda, O‘zbekiston stendi o‘zining noyob dizayni, milliy uslubi va boy mazmuni bilan ko‘plab tashrif buyuruvchilarni o‘ziga jalb etmoqda.

Tadbirda O‘zbekistonning Gold Dried Fruits kompaniyasi ham o‘zining meva-sabzavot mahsulotlari ekspozitsiyasini taqdim etadi. 31 maydan boshlab esa «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning Singapurdagi vakolatxonasi ham o‘z stendini ochdi.
Ta'kidlab o‘tish joizki, yarmarka xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli shartnomalar imzolash, jahon turistik bozoridagi tendensiyalar bilan tanishish, tajriba almashish imkoniyatini beradi.
Mavzuga oid
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
21:07 / 28.05.2026
Shveytsariya eng qimmat mamlakat maqomini boshqa davlatga boy berdi
18:32 / 27.05.2026