Jahon | 17:56 / 03.06.2017
4242
1 daqiqa o‘qiladi

Anqara, Boku va Tbilisi qo‘shma harbiy mashqlarni o‘tkazadi 

Foto: Anadolu

Turkiya, Ozarboyjon va Gruziya 4-14 iyun kunlari Tbilisida “Kavkaz burguti” qo‘shma harbiy mashqlarini o‘tkazadi, deb xabar bermoqda Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi.

“Kavkaz burguti” qo‘shma mashqlarida uch mamlakat maxsus topshiriqli guruhlari ishtirok etadi.

Mashqlar uch davlat qurolli kuchlari o‘rtasida hamkorlik, do‘stona munosabatlar va muvofiqlashtirishni rivojlantirish, o‘zaro tajriba va bilim almashishga yo‘naltirilgan. 

Joriy yilda mashqlarda Turkiya qurolli kuchlari maxsus topshiriqli guruhining bitta vzvodi, ikkita ko‘p nishonli vertolyot va bitta transport samolyoti, Ozarboyjon va Gruziyadan ham maxsus topshiriqli guruhning bittadan vzvodi ishtirok etadi.

“Kavkaz burguti” mashqlari 2009 yildan beri o‘tkazib kelinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid