Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada hamshira keksa yoshlilarni o‘ldirganini tan oldi
Kanadada hamshira Elizabet Vettflauer Ontario viloyatidagi qariyalar uyida yashovchi 8 nafar keksa yoshli kishini o‘ldirganini tan oldi.
Hamshiraning tan olishicha, u insulin inʼeksiyalari yordamida 2007 yildan 2014 yilgacha davr oralig‘ida 75 yoshdan 96 yoshgacha bo‘lgan 5 ayol va 3 erkakni ataylab o‘ldirgan.
Ayol bu qotilliklarni nima sababdan amalga oshirgani noma'lum. Unga umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin.
Mahalliy huquqni himoya qilish guruhi CARP faolining fikricha, Vettflauer ishi qariyalar uylarida yashovchilarga nisbatan zo‘ravonliklar qo‘llanishi bo‘yicha ko‘plab hodisalar dengizidagi bir tomchidir.
"Ko‘plab yillar davomida qariyalar uyida yashovchilar ular haqida g‘amxo‘rlik qilinishi kerak bo‘lgan muassasalarda yaxshi parvarishlanmaslikdan, yomon munosabat va zo‘ravonlikdan aziyat chekishlari yoki hattoki o‘lishlari haqidagi voqealarni eshitib kelamiz", deb aytdi CARP tashkiloti vitse-prezidenti Vanda Morris.
Mavzuga oid
08:20 / 02.06.2026
O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Kanadaga yutqazdi
20:44 / 01.06.2026
Birinchi jiddiy sinov - milliy jamoa Kanada bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
08:49 / 19.05.2026
AQSh va Kanada shaharlari Yevropaga ko‘chirilsa, qayerga to‘g‘ri keladi?
16:09 / 28.02.2026