Jamiyat | 20:58 / 04.06.2017
4578
1 daqiqa o‘qiladi

Bolgariyada mikroavtobus ishtirokidagi YTHda 10 nafar odam halok bo‘ldi

Foto: btvnovinite.bg

Bolgariyada yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi va 8 kishi yaralandi. Bu haqda bTV xabar bermoqda. 

Noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan transport mamlakat poytaxti Sofiyadan 98 km uzoqlikda YTHga uchragan.

Ichki ishlar vazirligida ma'lum qilinishicha, mashinani jinoiy o‘tmishga ega bo‘lgan va haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan, Bolgariyaning 16 yoshli fuqarosi boshqargan. U voqea joyida halok bo‘lgan.

Jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilganlar. Ular politsiyaga Afg‘oniston va Pokistondan ekanliklarini aytishgan. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, mikroavtobus muhojirlarni Turkiya va Gretsiya chegaralaridan mamlakat ichkarisiga olib ketayotgan bo‘lgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid