Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Aeroflot» bepul chiptalar tarqatishi haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi
"Aeroflot" aviakompaniyasi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntlarida tarmoqda o‘ynalayotgan go‘yoki bepul chiptalar tarqatilishiga doir tanlovga aloqasi yo‘qligini ma'lum qildi. Aviakompaniya vakillari fuqarolarni ogoh bo‘lishga va firibgarlarga shaxsiy ma'lumotlarni ishonib topshirib qo‘ymaslikka chaqirishdi.
3 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya aviatashuvchisi o‘tkazayotgan feyk tanlov haqidagi ma'lumot tarqala boshladi. "Aerofolot"ga manzili o‘xshash, kompaniya logotipi qo‘yilgan saytlarga foydalanuvchilar xabarlari havolasi kiritildi, shuningdek qisqa e'lon ham qo‘shimcha qilindi.
Thanks #Aeroflot https://t.co/spSnW0caW5
— Ruben Ishkhanyan (@RIshkhanyan) June 4, 2017

E'londa foydalanuvchi "Aeroflot"dan ikki bepul chiptani qo‘lga kiritgani qayd etilgandi. Saytga kirish sanasidan qat'i nazar, ularning soni 332 ni tashkil qilavergan.
Qisqa so‘rovnomadan keyin sayt foydalanuvchi chiptalarni yutib olgani va go‘yoki onlayn rejimda Facebook'ning minnatdor foydalanuvchilari izohlarini ko‘rsatgan. Ularning havolalari nofaol.

Mazmun va mohiyatiga ko‘ra o‘xshash tanlovlar Emirates va KLM aviakompaniyalari nomidan ham tarqatilgandi. Saytga kirganlarning birortasi chiptalarni olmagan.

"Aeroflot" o‘z bayonotida ushbu firibgarlikka hech qanday aloqasi yo‘qligini aytgan.
"Bizga sizning ishonchingiz muhim, shu bois yodingizda bo‘lsin, joriy aksiyalarga doir dolzarb va ishonchli ma'lumotlar haqida faqat bizning www.aeroflot.ru saytimizda va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda joylashtiriladi. Ogoh bo‘ling va bizning kompaniyamiz nomidan boshqa resurslar orqali e'lon qilingan shubhali aksiyalarda ishtirok etmang".
"Aeroflot" aviakompaniyasi
Group-IB kompaniyasining xususiy mijozlar bilan ishlash bo‘yicha direktori Ruslan Yusufov feyk tanlovlar masalasida o‘z sahifasida izoh berdi.
Uning fikricha, bu saytlardagi o‘ylanmagan kliklar foydalanuvchi kompyuteriga zarar yetkazishga urinishlar bilan yakun topadi, avtorizatsiya qilingan akkaunt haqidagi ma'lumot esa reklama agentliklariga sotiladi.
"Kompyuteringizga zarar yetkazilib, sizning akkauntingiz avtorizatsiya qilingach, siz reklama ko‘rib, do‘stlaringizni taklif qilib, repost qilasiz va "Afsuski, siz g‘olib bo‘la olmadingiz. Keyingi safar omadingizni sinab ko‘ring" mazmunidagi xabarni olasiz. Biroq sizning soddaligingiz tufayli bu tizim ortidagi kishilar jyekpotga ega bo‘lishadi.
Ruslan Yusufov, xususiy mijozlar bilan ishlash bo‘limi direktori
Yusufov foydalanuvchilarni "kiberxavfsizlikka bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish"ga chaqirdi.
Mavzuga oid
15:35 / 16.05.2026
“Sayohatchi ko‘p, temiryo‘l esa bitta” – chipta yetishmovchiligiga qachon barham beriladi?
21:24 / 10.04.2026
AQSh elchixonasi JCh-2026 chiptasi egalari uchun viza suhbatiga yozilish tartibini e’lon qildi
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026