Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda GLOBALG.A.P. xalqaro standartiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tadi
2017 yilning 13 iyul kuni «O‘zagroeksport» AJ GLOBALG.A.P. standarti Kotibiyati va BMT Taraqqiyot dasturining «Savdoni rivojlantirishga ko‘mak» loyihasi bilan hamkorlikda «Wyndham Tashkent» mehmonxonasida «GLOBALG.A.P. xalqaro standarti – meva-sabzavot mahsulotlarining jahon bozoriga chiqishida muhim omil» mavzusida anjuman o‘tkazmoqda.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekiston meva-sabzavot mahsuloti bozori ishtirokchilarini GLOBALG.A.P. standarti bo‘yicha asosiy talablar, afzalliklar va sertifikatlashtirish jarayonlari bilan tanishtirishdir.
GLOBALG.A.P. xalqaro standarti bugungi kunda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsuloti xavfsizligini ta'minlashda tan olingan standart tizimidir. Natijada, yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotini GLOBALG.A.P. xalqaro standarti bo‘yicha sertifikatlashtirish yangi mahsulotlarning xalqaro bozorlarga chiqishda muhim shartlardan biriga aylandi.
Tadbirda ishtirok etish uchun ushbu havola bo‘yicha o‘tib, ro‘yxatga olish shaklini avvaldan to‘ldirish talab etiladi.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026