Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Yaqin Sharq davlatlari radikalizmni moliyalashtirishda Qatarga ishora qilishdi
AQSh prezidenti Donald Trampning bayonot berishicha, u Yaqin Sharqqa uyushtirgan safarida Arab mamlakatlari yetakchilarini radikalizmni moliyalashtirishga barham berishga chaqirganida, ular Qatarga ishora qilishgan.
«Mening yaqinda Yaqin Sharqqa tashrifimda men radikal g‘oyani moliyalashtirish mumkin emasligi haqida aytdim. Yetakchilar Qatarga ishora qilishdi!» — deb yozgan Tramp Twitter sahifasida.
5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA, Misr, Yaman, Liviya, Maldiv orollari va Mavrikiy respublikasi terrorizmni qo‘llab-quvvatlaganini vaj qilib Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzdi.
Bunga esa, Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Al Taniyning Eron va Isroil bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligi haqida bayonot bergani sabab bo‘ldi.
Mavzuga oid
12:18 / 23.05.2026
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
21:50 / 09.05.2026
O‘zbekistonliklar "Qatar Airways"ga ishga olinadi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026