Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Raqqa uchun janglarga aralashishi mumkin
Raqqa uchun janglar jarayoni o‘z manfaatlariga tahdid qilsa, Turkiya armiyasini bu jangga kiritadi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirimga asoslanib Reuters agentligi xabar tarqatdi.
U Adolat va Taraqqiyot partiyasi a'zolari qarshisida chiqish qilib, Turkiya «Suriya demokratik kuchlari» (SDF) Raqqani qamal qilishi munosabati bilan zarur choralarni ko‘rishi haqida ma'lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Turkiya manfaatlariga tahdid tug‘ilsa, rasmiy Anqara kerakli tartibda harakat boshlaydi.
AQSh boshchiligidagi koalitsiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan kurdlar bo‘linmalari bugun, 6 iyun kuni IShID poytaxti sanaladigan Suriyadagi Raqqa shahriga yaqinlashib kelib, janglarga kirishdi. Ular Raqqa shimolidagi IShID harbiy bazaga ham hujum qilishgan.
Turkiya «Suriya demokratik kuchlari» va boshqa kurd bo‘linmalarini terrorchi tashkilot sifatida ko‘radi va ularga qarshi kurashadi.
Raqqa — 2014 yilda IShID tomonidan bosib olingach, poytaxtga aylantirilgandi. Raqqaning ozod etilishi xalqaro kuchlarning asosiy maqsadiga aylangan.
Mavzuga oid
19:27 / 05.04.2026
Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
01:20 / 30.03.2026
Turkiya kurdlarni Eronga qarshi urushga qo‘shilishdan ogohlantirdi – OAV
22:32 / 28.03.2026
Turkiyada ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
21:02 / 25.03.2026