Jahon | 11:30 / 07.06.2017
18292
1 daqiqa o‘qiladi

Eron parlamentida otishma chiqdi

Eron parlamenti binosi hududida noma'lum shaxs o‘t ochdi. Reuters agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida ikki kishi jarohatlangan.

Tasnim agentligi binoga bostirib kirgan shaxs odamlarni garovga olgani haqida yozmoqda. Hududda otishma ovozlari davom etayotgani aytilgan.

Ba'zi manbalarda hujum qiluvchilar soni 3 nafar ekani aytilmoqda. Ularning kimligi hozircha ma'lum emas.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid