Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippin o‘z fuqarolariga Qatarga ishlash uchun borishni taqiqladi
Filippin hukumati mamlakat fuqarolariga Qatarga ishlash maqsadida borishni taqiqlab qo‘ydi.
CNN’ning xabar berishicha, taqiq mintaqadagi vaziyatga oydinlik kiritilmagunga qadar amal qiladi. Ushbu farmon yaqinda ishga yollangan yoki vataniga qaytayotgan insonlarni qamrab oladi.
Shu bilan birga, Filippin hukumati Qatarda bo‘lib turgan 140 ming nafar filippinlik ishchilar taqdiridan tashvishda. Bu xavotir arab mamlakatlarning ehtimoliy blokadasi bilan bog‘liq – shu sababdan oziq-ovqat yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin.
Avvalroq, qator OAV Qatar aholisi oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suvini vahimada sotib ola boshlagani haqida xabar tarqatgandi. Bu qator davlatlar bilan dipaloqalar uzilgani tufayli ro‘y bergan.
Mavzuga oid
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
15:38 / 08.06.2026
Filippinda kuchli zilzila: kamida 32 kishi halok bo‘ldi
12:18 / 23.05.2026