Jahon | 21:28 / 07.06.2017
8533
1 daqiqa o‘qiladi

Rimda xitoylik politsiyachilar patrullik qiladilar

Italiya poytaxti Rimda endi baland bo‘yli mahalliy karabinerlar bilan birgalikda pogonlarida iyerogliflar bo‘lgan xitoylik politsiyachilar patrullik qiladilar.

Gap shundaki, xitoylik politsiyachilar Abadiy shaharning diqqatga sazovor joylari yonida xizmat o‘taydilar. Ularga qurol olib yurish taqiqlangan bo‘lsa ham, ular o‘z yurtlarida kiyadigan formada xizmat o‘tamoqdalar. 

Italiyalik va xitoylik politsiyachilarning birga patrullik qilishlari Interpol yo‘nalishi bo‘yicha erishilgan kelishuvda ko‘zda tutilgan. Xitoylik politsiyachilar Rimga har yil tobora ko‘proq kelayotgan ko‘p sonli hamyurtlariga yordam berishadi. Ular xitoylik sayyohlarga yo‘l ko‘rsatishda, yo‘qotilgan pasportlarni topishda yordam ko‘rsatishadi. Hozircha xitoylik politsiyachilar Rimning diqqatga sazovor joylari kabi o‘zlariga e'tiborni jalb qilmoqdalar: sayyohlar orasida ular bilan selfiga tushish ommalashgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid