Jahon | 08:30 / 08.06.2017
10404
2 daqiqa o‘qiladi

Nyu-York gubernatori Trampdan uni deportatsiya qilib yuborishni so‘radi

Foto: RIA Novosti

Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo 7 iyun kuni AQSh prezidenti Donald Trampni immigratsiya siyosati uchun keskin tanqid qildi. 

"Siz muhojirlarni deportatsiya qilmoqchimisiz? Undan mendan boshlang, men ham muhojirman", deb aytgan Kuomo shtatdagi shaharlardan biridagi nutqida.

Uning aytishicha, "bu davlatda barcha muhojirdir". "Siz ham do‘stim, muhojirsiz", deb aytgan gubernator Trampga yuzlanib.

Kuomoning bu so‘zlarini keltirib o‘tgan Fox News telekanali Trampning onasi AQShga Shotlandiyadan, otasi oilasi esa Germaniyadan kelganini eslatib o‘tdi.

Tramp saylovoldi kampaniyasida noqonuniy muhojirlar amalga oshirgan jinoyatlar qurbonlari bilan muloqotini faol qo‘llab kelgan. U bunday qurbonlar mavjudligi qat'iy immigratsion choralar ko‘rish va Meksika bilan chegarada devor qurish zarurligini ko‘rsatishini aytgan.

Tramp tanqidchilari u 11 mln kishidan iborat, AQShda noqonuniy yashovchi kishilar toifasini yomonotliq qilishga urinayotganini aytishmoqda. Ularning aytishicha, bunday toifadagi odamlardan bor-yo‘g‘i sanoqli odam qonunni buzgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid