Jahon | 19:41 / 08.06.2017
7693
1 daqiqa o‘qiladi
Zimbabveda avtobus ag‘darilib ketdi, qurbonlar juda ko‘p
Zimbabve shimolida avtobusning ag‘darilib ketishi tufayli kamida 45 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda AP agentligi xabar bergan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa chorshanba kuni kechqurun poytaxt Xararedan 156 kilometr masofada ro‘y bergan. Avtobus Zambiyaga ketayotgan bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga qaraganda, haydovchi keskin burilish paytida boshqaruvni yo‘qotgan, natijada mashina yo‘l chetidagi ustunga borib urildi va ag‘darilib ketdi.
Aksariyat zimbabveliklar har kuni avtobusda Zambiyaga borib, u yerda oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak bilan savdo qilishadi.
Mavzuga oid
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
13:45 / 09.10.2024
Buxoroda bolalar o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisiga hukm o‘qildi
23:19 / 01.10.2024
Tailandda 40 ga yaqin o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
18:36 / 26.09.2024