Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev Mirziyoyevni tabrikladi
Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar yetakchilari Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Qozog‘iston prezidenti o‘zining kirish so‘zida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni muborakbod etdi – davlat rahbari ilk bor ShHT sammitida qatnashmoqda, deb xabar berdi Today.kz.
"Sizni Qozog‘iston poytaxtida ShHT davlatlari rahbarlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida ko‘rib turganimdan xursandman. Sammitdagi ishtirok uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Bu yerdagi barchaning nomidan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni alohida tanishtirmoqchiman. Siz saylanganingizdan so‘ng bizning Kengashimizda ilk bor ishtirok etmoqdasiz, sizga faoliyatingiz va bizning qo‘shma ishlarda katta muvaffaqiyatlar tilamoqchiman", - deya ta'kidlab o‘tdi Nursulton Nazarboyev.
Avvalroq Qozog‘iston prezidenti ShHT qanday tashkil etilganini xotirlab o‘tgani haqida yozgandik.
Mavzuga oid
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025