Ostona şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar yetakçilari Kengaşi yiğilişi bölib ötmoqda.
Tengrinews.kz’ning xabar berişiça, Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev ŞHT qanday taşkil etilganini xotirlab ötgan. Joriy yilda taşkilotga 16 yil töladi.
"Bunday paytlarda beş davlat Xitoy Xalq Respublikasi bilan çegaralar muammosini hal etgani bilan boğliq holat yodga tuşadi. Xitoyning öşa paytdagi raisi Tszyan Tszemin bilan ikkimiz edik, men taklif qildim – keling çegaralarni imzolagandan söng tarqalmaymiz, balki iqtisodiy hamkorlikni taşkil etamiz. ŞHT şu tarzda paydo böldi", - dedi Nazarboyev.
"Taşkilot öşa vaqtdan beri xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olindi, köp sohali hamkorlikning samarali maydonçasiga aylandi. Mintaqada xavfsizlikni mustahkamlaş, iqtisodiy hamkorlikni çuqurlaştiriş, davlatlarimiz örtasida madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytiriş böyiça katta işlar qilindi", - deya yiğiliş iştirokçilariga murojaat qildi Qozoğiston rahbari.
Uning ta'kidlaşiça, Ostonadagi uşbu sammit ŞHT tarixida yangi sahifani oçmoqda.
"Uşbu yiğiliş olti tomonlama şaklda sönggi bor ötmoqda. Biz bugun ŞHTga Hindiston va Pokistonni qabul qiliş jarayonining yakunlanişi va ularga a'zolik maqomini taqdim etiş böyiça qarorni imzolaşga kelişib oldik. Yangi a'zolarning qabul qilinişi taşkilotning rivojiga kuçli turtki beradi, uning xalqaro nufuzini oşirişga xizmat qiladi", - dedi Nazarboyev.
"Alohida e'tibor yangi çaqiriqlardan ötiş, barqarorlik va xavfsizlik tahdidlari masalalariga berilmoqda. Xususan, uşbu sammit doirasida xalqaro terrorizmga birgalikda kuraşiş böyiça bayonot qabul qilinişi, şuningdek, ekstremizga qarşi kuraşiş böyiça Konventsiyani imzolaş rejalaştirilgan. BU ŞHTning uşbu global yovuzlik bilan kuraşga qöşgan hissasi böladi", - deya qayd etgan Nursulton Nazarboyev.












