Light | 18:35 / 09.06.2017
37272
2 daqiqa o‘qiladi

Reyting: Dunyoning eng nufuzli oliygohlari

Top-Universities dunyoning eng nufuzli oliygohlari reytingini taqdim etdi. Unga ko‘ra yetakchi o‘rinlar odatdagidek Buyuk Britaniya va AQSh universitetlari tomonidan band etildi. 

Dunyoning eng nufuzli oliygohi oliy maqomi Buyuk Britaniyaning Oksford universitetiga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinda Kembrij universiteti nomi qayd etildi. Uchinchi o‘rinni esa AQShning Harvard universiteti egalladi. 

To‘rtinchi o‘rindan to‘qqizinchi o‘ringacha bo‘lgan pog‘onalarda Amerika oliygohlari ketma-ketligi keladi - Kaliforniya universiteti (Berkli bo‘limi), Stenford, Yyel, Prinston, Kolumbiya, Kaliforniya (Los-Anjyeles bo‘limi) universitetlari. O‘nlik Avstraliya Milliy universiteti bilan tugallangan. 

Osiyo mamlakatlari orasida Yaponiyaning Tokio universiteti yetakchilik qilmoqda - 11-o‘rin. Undan keyingi o‘rinlarda Hongkong (13) va Pekin (23) universitetlari qayd etilgan. 

Shuningdek ro‘yxatdan Rossiyaning 24 ta, Ukrainaning 6 ta oliygohi o‘rin olgan. Ta'kidlash joizki, top-500 reytingida O‘zbekiston universitetlari nomi keltirilmagan. 

Mavzuga oid